2021 yilning 1-2 mart kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federasiyasiga amaliy tashrif bilan boradi.
Muzokaralar chog`ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O`zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Tomonlar joriy yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo`shma tadbirlar jadvalini ham ko`rib chiqadilar.






