2021 yil 25-26 fevral kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash sinovlarining ikkinchi bosqichi, ya`ni «gapirish» ko`nikmasini baholash imtihonlari bo`lib o`tdi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Imtixonlar Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida talabgorlar bilan yuzma-yuz gaplashgan holda, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda esa Zoom platformasi orqali o`tkazildi.
Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo`yicha 303 nafar talabgor ishtirok etdi.
Imtihon yakunlari bo`yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to`plagan talabgorlar 2 yil muddatga amal qiluvchi sertifikatga ega bo`ladi.