Hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizidan kamrog`ida COVID-19 koronavirusiga qarshi antitellar mavjud. Bu haqda Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh tadqiqotchisi Sumya Svaminatan aytib o`tdi, deya yozmoqda rbc.ru.
Aholining katta qismi koronavirus bilan kasallangan yirik shaharlarda ommaviy immunitetga erishish mumkinmi degan savolga javoban mutaxassis dunyoda o`tkazilgan 500 ga yaqin tadqiqotlarga e`tibor qaratdi. Uning so`zlariga ko`ra, ularning natijalari shuni ko`rsatdiki, hozirgi kunda dunyo aholisining 10 foizidan kamrog`ida COVID-19 ga qarshi antikorlar mavjud.






