Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 1 martdan boshlab:
- Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasida tadbirkorlik sub`ektlariga avtomobil yo`llarida yo`l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari o`rnatilishini tashkil etish huquqi berildi.
- Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta`minlash sohasida tadbirkorlik sub`ektlariga avtomobil yo`llarida avtomatlashtirilgan o`lchov vositalari bilan jihozlangan og`irlik va gabarit nazorati bo`yicha stasionar shoxobchalar o`rnatilishini tashkil etish huquqi berildi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o`rnatiladigan joylarni tadbirkorlarga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Elektron auksion savdolarida g`olib bo`lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o`tkazish huquqi bilan biriktiriladi.
Shunga ko`ra, 2021-2022 yillarda respublika bo`yicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta stasionar radarlar o`rnatiladi.






