Ijtimoiy tarmoqlarda turli o`quv markazlari tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlari o`tkazilishi, test topshiriqlari 100 % Davlat test markazi ekspertlari tomonidan tuzilganligi va kirish imtihonlarida tushishi mumkinligi hamda xizmat narxi 55 000 so`mni tashkil etishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Davlat test markazi bu kabi xabardarni rad etdi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan bunday xabarlar butunlay noto`g`ri ekanligini ma`lum qilamiz",–deyiladi DTM xabarida.
Davlat test markazi tomonidan o`tkaziladigan diagnostik test sinovlari Davlat test markazi va uning hududiy bo`limlarida har payshanba kuni 2 smenada tashkil etiladi va xizmat narxi 15 000 so`mni tashkil etadi.
Diagnostik test sinovlari uchun ro`yxatga olish Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.






