AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro`yxatidan o`tkazildi

'O`zbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat ro`yxatidan o`tkazildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg`or texnologiyalar markazi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan Xitoyning Anhui Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasida ishlab chiqarilgan ZF2001 rekombinant vaksinasining III faza klinik sinovlari amalga oshirilmoqda.

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda O`zbekistonning hissasi va ca`y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.

Bugun ZF-UZ-VAC 2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo`llash uchun tegishli tartibda davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Ro`yxat raqami - DV/X 08646/03/21

    Boshqa yangiliklar