Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarning faollari o`rtasida o`zlariga tegishli resurslar orqali bir-birlariga nisbatan haqoratomuz maqolalar yozish, turli tekshirilmagan va nomaqbul ma`lumotlarni tarqatish holatlari ko`plab uchramoqda. Ushbu holatlar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohrux G`iyosov jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi.
"Ma`lum qilamizki, Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati doimiy ravishda veb-axborot makonini monitoringini olib boradi. O`rganishlar shuni ko`rsatmoqdaki, ayrim ijtimoiy tarmoqlarning faollari “ochiqlik” bahonasida, o`ziga e`tibor jalb qilish, ko`proq foydalanuvchi yig`ish, moddiy manfaat va boshqa maqsadlar ortidan qonunchilikda belgilangan normalarni suiiste`mol qilib kelmoqdalar.
Eslatib o`tamiz, ijtimoiy tarmoqlarning faollari jamoat nazoratining sub`ektlari hisoblanadi va ularning faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Shundan kelib chiqib, barcha ijtimoiy tarmoq faollarini qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, xolislik va beg`arazlik prinsiplariga qat`iy rioya qilishlariga chaqiramiz.
Qonunchilik talablarini buzgan fuqarolarning harakatlariga huquqiy baho beriladi va tegishli chora ko`riladi", - deya ogohlantirilmoqda internet foydalanuvchilari






