AsosiyJamiyat

Avtomobilga benzin quyish, gaz to`ldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi

'Avtomobilga benzin quyish, gaz to`ldirish va gaz quyish stansiyalarini qurish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (111-son, 01.03.2021 y.) bilan Avtomobil yo`llarini, yo`l inshootlarini, temir yo`l yo`l kesishmalarini, avtomobil yo`llari va ko`chalar bo`yida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQS (avtomobilga benzin quyish, gaz to`ldirish va gaz quyish) stansiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash loyihalarini kelishish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.   

 Reglamentga ko`ra, tadbirkorlarga mazkur xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Ichki ishlar vazirligi Davlat yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boshqarmalari (vakolatli organ) tomonidan ko`rsatiladi.  

Buning uchun so`rovnoma to`ldiriladi.  

Shu asosda vakolatli organ 5 ish kunida loyihalarning tegishli talablarga mosligini o`rganib chiqadi.

 Loyihalarni kelishish vakolatli organning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Kelishilgan loyihalar 1 kun muddatda ariza beruvchilarga elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xizmatlari ko`rsatilishi uchun BHMning 30 foizi (73 500 so`m) miqdorida, YaIDXP orqali murojaat etilganda esa ushbu summaning 90 foizi (66 150 so`m) miqdorida yig`im undiriladi.  

Vakolatli organ belgilangan muddatlarda loyihalarni kelishish yuzasidan xulosa taqdim qilmagan taqdirda, loyiha Davlat xizmatlari markazlari (YaIDXP) tomonidan avtomatik ravishda kelishilgan deb hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar