Ushbu savolga Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi javob berdi.
Pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigienik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo`lmasligi lozim.
Qarzdorlik o`z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga «taqiq» qo`yilishiga sabab bo`ladi.
Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda o`zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo`qligini bilib olishingiz mumkin.
Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma`lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda to`lash imkoniyati yaratilgan.






