AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Toshkentda 4 000 AQSh dollari evaziga Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo`ymoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. fuqaro D.ga qalbaki xizmat guvohnoma ko`rsatib, Milliy gvardiya tizimiga tanishlari orqali ishga kiritib qo`yishga ishontirib, evaziga 4000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik), 28,211-moddasi (Pora berish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar