AsosiyJamiyat

2020 yilda maktabgacha ta`lim tizimida jami 51,8 mlrd so`mlik moliyaviy xatolik aniqlangan

'2020 yilda maktabgacha ta`lim tizimida jami 51,8 mlrd so`mlik moliyaviy xatolik aniqlangan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda  Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva ma`lum qildi.

Ichki audit xizmati tomonidan 2020 yil davomida maktabgacha ta`lim bo`limlari va maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o`tkazilgan 611 ta nazorat tadbirida jami 51,8 mlrd.so`mlik moliyaviy xato va kamchilik aniqlandi. Jumladan:

▫️noqonuniy xarajat va kamomadlar  - 23,4 mlrd.so`mni (45%);

▫️Davlat xarid qonunchiligi talablarini buzilishi  - 11,2 mlrd.so`mni (21,6%);

▫️buxgalteriya hisobi qoidalarini buzilishi va boshqa moliyaviy xato kamchiliklar  - 11,9 mlrd.so`mni (22,9%);

▫️byudjet va tashkilot hisobiga qo`shimcha hisoblangan daromadlar  - 5,3 mlrd.so`mni (10,3%) tashkil etdi.  

Maktabgacha ta`lim bo`limi va maktabgacha ta`lim tashkilotlari tomonidan xodimlarning oylik ish haqi va rag`batlantirish mablag`laridan 10,1 mlrd. so`m noqonuniy va ortiqcha to`lovlarga yo`l qo`yilgan.

Soxta taomnomalar tuzib, haqiqatda sarflanmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarajatga chiqarish, kamomad va me`yorga nisbatan ortiqcha hisobdan chiqarilishi kabi holatlar orqali 3,6 mlrd.so`m noto`g`ri sarflangan.

Ota-onalar to`lovlarini kassaga kirim qilmaslik orqali 531,5 mln.so`m mablag`lar noqonuniy o`zlashtirilgan.

Muddati o`tgan 805 mln.so`m debitor qarzdorliklarga yo`l qo`yilgan va undirish choralari ko`rilmagan, 59,6 mln.so`mlik debitor qarzdorliklar hisobotlardan yashirilgan.  

 Haqiqatda etkazib berilmagan tovar va xizmatlar uchun asossiz ravishda mablag`larni turli ta`minotchi korxonalar hisobiga o`tkazib berilgan.

 Xaridlarning raqobatga asoslangan usullarini chetlab o`tib, “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonun talablariga zid ravishda 11,2 mlrd.so`mlik shartnomalar tuzilgan.

Profilaktika ishlari natijasida ya`ni ortiqcha boyliklarni kirim qilish, asossiz hisoblanmagan badal to`lovlarini hisoblash, asossiz hisoblangan kreditor qarzdorliklarni kamaytirish, mulkni sotishdan tushgan mablag`larni 50%ni mahalliy byudjetga yo`naltirish kabi yo`llar bilan 5,3 mlrd.so`m byudjet va maktabgacha ta`lim tashkiloti foydasiga qo`shimcha hisoblandi. 

    Boshqa yangiliklar