AsosiyJamiyat

Farg`ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

'Farg`ona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug`iga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Farg`ona viloyati prokurori etib tayinlandi. Bu haqda Farg`ona viloyati hokimligi ma`lum qildi.

Ushbu tayinlov Farg`ona viloyati hokimligida Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldoshev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari hamda boshqarma-tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokidagi yig`ilish davomida e`lon qilindi.

Baxtiyor Ismoilov 2003-2015 yillar davomida Andijon viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2015-2016 yillarda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi sud qarorlarini ijro etishda va qamoqqa olinganlarni saqlashda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boshqarmasi katta prokurori, 2017-2021 yillarda Farg`ona viloyati prokurorining o`rinbosari, Farg`ona viloyati prokurorining birinchi o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    Boshqa yangiliklar