AsosiyJamiyat

Toshkentda o`rtog`ining to`yida mehmonlarning ustidan sochish uchun qalbaki pul ishlab chiqarganlar qo`lga olindi

'Toshkentda o`rtog`ining to`yida mehmonlarning ustidan sochish uchun qalbaki pul ishlab chiqarganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Ushbu holat haqida IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2021 yilning 23 yanvar kuni soat 10:00 larda  Bektemir tumani Qo`yliq-1 dahasida 27 yoshli Azizbek J. va Olimjon X.lar tanishlari 28 yoshli Talantjon T.ning nikoh to`yi bo`layotganligi munosabati bilan to`yda o`ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida, o`zlarining sinfdoshlari 27 yoshli Aziz T.ga bir dona “AE 2489763” raqamli 100 000 (yuz ming) so`mlik kupyurani 10 000 000 so`m pul mablag`lari yasab berishi uchun beradi. Aziz T.ushbu pullarni kompyuter yordamida qalbakilashtirib yasab berganidan so`ng Talantjon T. bundan xabar topib, ulardan qalbaki 2 300 000 so`m pullarni olib, Qo`yliq bozorida sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Talantjon T. xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv qilinganida yonidan 14 dona “AE 2480763” raqamli 100 000 (yuz ming) so`mlik kupyuralar topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida, 14 dona 100 000 (yuz ming) so`mlik “AE 2489763” raqamli pul kupyuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Azizbek J., Olimjon X., Talantjon T., Aziz T.,larga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ayblanuvchilar himoyachilari ishtirokida ish hujjatlari bilan tanishtirilgan.

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar