Transport vaziri o`rinbosarining ta`kidlashicha, xavfsiz aviaqatnovlar yuzasidan qo`yilgan barcha standartlarga muvofiq, O`zbekiston Rossiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlarga javob beradi. Respublikada muntazam parvozlarni tiklash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
O`zbekiston transport vazirining o`rinbosari Jasurbek Choriev Rossiya bilan havo aloqasi qachon tiklanishi mumkinligini aytdi.
Muntazam parvozlarni tiklash uchun Rossiya Federasiyasining maxsus komissiyasiga murojaat xati yuborilgan. Parvozni qachon va kim bilan tiklashni aynan u o`zi hal qiladi.
Chorievning so`zlariga ko`ra, Rossiya hukumati talab qiladigan standartlariga muofiq - aholining kasallanish darajasi o`rganilgan. O`zbekiston Rossiya komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlarga javob berishi aniqlangan.
"Men mart-aprel oylarida ijobiy natija bo`ladi deb o`ylayman. Hozircha biz mamlakatda epidemik vaziyat haqida to`liq ma`lumot bergan bo`lsak-da, javob olmadik", dedi Choriev.
Eslatib o`tamiz, bir hafta oldin "O`zbekiston havo yo`llari" Toshkent va Dehli o`rtasida parvozlarni qayta tiklagan edi, 16 fevral kuni - kompaniya Germaniyaga muntazam reyslar ochilishini e`lon qildi.