AsosiyJamiyat

Qo`shrabot tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida davlat byudjeti talon-toroj qilindi

'Qo`shrabot tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida davlat byudjeti talon-toroj qilindi'ning rasmi

Qo`shrabot tumani Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi binosini qurish va ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “O.S.” MChJ rahbari va boshqalar Qo`shrabot tumanidagi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi binosida amalga oshirilgan qurilish ishlari bo`yicha hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 281,2 mln so`m byudjet mablag`ini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar