1

Bugun kunning ikkinchi yarmida O`zbekiston hududlarida yomqir va qor yog`adi

Jamiyat 03.03.2021, 14:13
Bugun kunning ikkinchi yarmida O`zbekiston hududlarida yomqir va qor yog`adi

Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17 iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17 iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 18-23 iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11 iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1