1

Narpaylik tadbirkor 313 ta xonadonning 1 oylik gazni o`g`irlab “yashirin sex”ga ishlatdi

Jamiyat 03.03.2021, 14:37
Narpaylik tadbirkor 313 ta xonadonning 1 oylik gazni o`g`irlab “yashirin sex”ga ishlatdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Narpay tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan o`rganishda, fuqaro M.R. va boshqalar o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog`iga ulanib, ohak pishirish faoliyati bilan noqonuniy shug`ullanib, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga 119,8 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan.

Hisob kitoblarga ko`ra, noqonuniy ishlatilgan tabiiy gaz hududdagi 313 ta xonadonni 1 oy davomida uzluksiz gaz bilan ta`minlashga etishi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holat yuzasidan M.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1