Respublika chegara o`tkazish punktlarida koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini o`tkazish yuzasidan ko`plab shikoyatlar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan bir qancha tashkilotlarga qator vazifalar yuklatildi. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish agentligining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo`yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash uchun Respublika maxsus komissiyasi tomonidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, “Uzbekistan airports” AJ, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga:
O`zbekiston Respublikasiga kirib keluvchi shaxslarga arzon va sifatli koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini tashkil etish maqsadida tanlov asosida, jamoatchilikka e`lon bergan holda laboratoriyalarni qayta jalb etish choralarini ko`rish;
koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarni o`tkazish uchun laboratoriyalarni jalb qilish bo`yicha o`tkaziladigan tanlovning aniq talablarini ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalariga joylashtirish;
chegara o`tkazish punktlarida laboratoriyalar faoliyati ochiq raqobat tamoyili asosida tashkil etilishi, chegara o`tkazish punkti orqali kirib keluvchilar soni besh yuz nafardan ortiq bo`lgan punktlarda laboratoriyalar kamida 2 ta bo`lishi hamda ko`rsatiladigan xizmatlar narxlari arzon va sifatli bo`lishi ta`minlash vazifasi yuklatilgan.
Koronavirusga antigen ekspress test tekshiruvlarini o`tkazish xizmatini ochiq raqobat tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, Transport vazirligi va “Uzbekistan airports” AJ bilan birgalikda yangi tanlov hujjatlari ishlab chiqildi. Tadbirkorlik sub`ektlari orasida teng raqobat muhitini yaratishga qaratilgan shartlar asosida O`zbekiston Respublikasi aeroportlari tomonidan yangi tanlovlar e`lon qilindi.
Samarqand lot № 9108762 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108762
Buxoro lot № 9108799 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108799
Nukus lot № 9108818 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108818
Navoiy lot № 9108771 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108771
Qarshi lot № 9108815 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108815
Termez lot № 9108843 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108843
Andijon lot № 9108749 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108749
Farg`ona lot № 9108814 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108814
Namangan lot № 9108931 https://exarid.uzex.uz/ru/competitive/lot/9108931
Shuningdek, yaqin kunlarda Toshkent va Urgench aeroportlarida tadbirkorlik sub`ektlari orasida teng raqobat muhitini yaratishga qaratilgan shartlar asosida tanlov e`lon qilinishi rejalashtirilgan.
Ushbu xizmat turlarini ko`rsatish imkoniyatiga ega tadbirkorlik sub`ektlarini tanlovda teng shartlar asosida ishtirok etishlari mumkin.






