Kecha 3 mart kuni bo`lib o`tgan Prezident videoselektorida ta`kidlanishicha, og`ir turmush sharoitiga tushib, boshpanasiz qolgan mingta oila, ayniqsa, ayollar ijtimoiy ijara asosida uy-joy bilan ta`minlanadi. Bu haqida Darakchi muxbiri ma`lum qiladi.
Buning uchun hududlarga mingta kvartira sotib olish uchun mablag` ajratiladi. “Viloyat, tuman va shahar hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, ijtimoiy ijarani kengaytirish bo`yicha qo`shimcha choralarni ko`rishi kerak. Misol uchun, hozirgi kunda xususiy sektor tomonidan ehtiyojmand oilalarga berilayotgan uylarning ijara haqining 50 foiziga subsidiya berishni yo`lga qo`yish mumkin. Birgina Olx.uz elektron portalida oylik haqi 1 million so`mgacha bo`lgan 500 ta uyni ijara berish to`g`risida e`lonlar joylashtirilgan. Yoki, foydanilmayotgan yotoqxonalarni hokimiyatlar tomonidan ta`mirlab, ijtimoiy ijaraga bersa bo`ladi”, - dedi Prezident.
Mavzuga oid:
Fuqarolarga yakka tartibda uylar qurish uchun ham kreditlar ajratiladi
Uylarning bo`lajak egalari qurilish sifatini nazorat qilish imkoniga ega bo`lishadi






