AsosiyJamiyat

Davlat boshqaruvi organlarida monopoliyaga qarshi kurashish komplaens tizimi joriy etiladi

'Davlat boshqaruvi organlarida monopoliyaga qarshi kurashish komplaens tizimi joriy etiladi'ning rasmi

Hukumat qarori (114-son, 02.03.2021 y.) bilan Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda monopoliyaga qarshi kurashish komplaens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Nizom bilan monopoliyaga qarshi kurashish komplaens tizimining asosiy vazifalari belgilab berildi.

Nizomga ko`ra davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda vakolatli shaxs (bo`linma) tayinlanadi.

Vakolatli shaxs (bo`linma) monopoliyaga qarshi komplaens tizimini joriy etish va uning faoliyatini monitoring qilishni amalga oshiradi.

Shuningdek, monopoliyaga qarshi komplaens tizimini tashkil etish va uning ishlash samaradorligini baholash:

● davlat boshqaruvi organlarida – rahbar;

● mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida – hokim;

● xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda – ijro etuvchi organ yoki kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur nizom quyidagilar uchun tatbiq etiladi:

● 2021 yil 1 yanvardan – tajriba tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda Prezidentning 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ro`yxatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korxonalar;

● 2022 yil 1 yanvardan – tabiiy monopoliya sub`ektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, shuningdek oxirgi 3 yilda tovar sotishdan olingan jami tushumning o`rtacha yillik miqdori 30 milliard so`mdan oshadigan korporativ buyurtmachilar.

    Boshqa yangiliklar