AsosiyJamiyat

Olmaliq shahrida 7 yoshli qizni o`g`irlab ketmoqchi bo`lishdimi? Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga aniqlik kiritildi

'Olmaliq shahrida 7 yoshli qizni o`g`irlab ketmoqchi bo`lishdimi? Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahri 5/2 nohiyasida yosh qizning o`g`irlab ketmoqchi bo`lganligi haqida videolavha tarqaldi.

Holatga Olmaliq shahar hokimligi Axborot xizmati aniqlik kiritdi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 2 mart kuni 1961 yilda tug`ilgan  fuqaro M.Q. ukasi O.Q.ning "Toshkent" mahallasidagi xonadonlarning birida tug`ilgan kunni nishonlash uchun borib, u erda spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Soat 19.00 larda M.Q. uyiga qaytib kelayotgan vaqt oshqozonida qattiq og`riq turganligi uchun "Yangi hayot" mahallasi, 27-uy yo`lagiga kirib, zinada o`tirib qolgan.  

Shu vaqt 27-uydagi xonadonda yashovchi, voyaga etmagan, 2014 yilda tug`ilgan, A.I. do`kondan tuz olib kelayotganligi va uy yo`lagida o`tirgan notanish shaxsni ko`rib, qo`rqqani sababli, ichkariga kira olmasdan turganida, dadasi  J.J. kelib qolgan. J.J. bu holatni noto`g`ri tushungan va o`sha joydayoq shahar IIBga murojaat qilgan. Bu holatni J.J.ning qo`shnisi J.M. telefoni tasviriga olgan.

Shundan so`ng, holatdan xabari bo`lmagan holda u erga kelib qolgan D.A. tanishi J.M.ning telefonidagi videotasvirni o`z telefoniga ko`chirib olib, M.Q. yosh bolalarni o`g`irlash bilan shug`ullanib kelayotgani haqida sharh bilan telegram ijtimoiy tarmog`i orqali tarqatib yuborgan.

Fuqaro M.Q. tomonidan voyaga etmagan A.I.ga teginilmagan, unga tan jarohati etkazilmagan va uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilmagan. Mazkur holat bo`yicha hozirda Olmaliq shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar