1

2-3 yil oldin qurilgan uylarni hozir qurilayotgan uylar bilan taqqoslab bo`lmaydi — Qurilish vaziri

Jamiyat 04.03.2021, 12:26
2-3 yil oldin qurilgan uylarni hozir qurilayotgan uylar bilan taqqoslab bo`lmaydi — Qurilish vaziri

Xalqaro press-klub sessiyasida Qurilish vaziri Botir Zokirov ushbu savollarga javob qaytardi:

«4 yilda 150 ming uy-joy qurilgan. 4 yil oldin «ijtimoiy uylar» degan atama yo`q edi. Mustaqillikka erishganimizdan buyon umuman «ijtimoiy uylar» qurilgani yo`q. 4 yil oldin muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari bilan shunaqa uylar qurilishi boshlandi. Shu o`tgan vaqt mobaynida katta tajribaga ega bo`ldik.

2-3 yil oldin qurilgan uylarni hozir qurilayotgan uylar bilan taqqoslab bo`lmaydi — texnologik, energiya tejamkorlik va qulaylik jihatidan bugun juda katta sifat o`zgarishlari bor.

Joriy yilda 6,5 ming xonadonga ipoteka va subsidiya ajratiladi. Fuqarolar yakka tartibda, ya`ni o`zining eri bo`lsa, o`sha erda imorat tiklamoqchi bo`lsa yoki buzib qayta qurmoqchi bo`lsa, ehtiyojdan kelib chiqib, ularga ipoteka kreditlari, subsidiyalar beriladi».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1