1

Koreyaga ishga borishni va`da qilib, odamlarni aldab yurgan andijonlik erkak qo`lga olindi

Jamiyat 04.03.2021, 12:59
Koreyaga ishga borishni va`da qilib, odamlarni aldab yurgan andijonlik erkak qo`lga olindi

2021 yilning yanvar oyida 53 yoshli Ayubxon J., Asaka tumani Obod MFY., hududida 42 yoshli Zuhriddin R.,ga Koreya Respublikasiga ishga jo`natishda yordam bera olishini aytib aldov yo`li bilan ishonchiga kirib, undan 6 500 AQSh dollar pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan olib, ushbu pullarni ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Ayubxon J., yana bir nechta fuqarolarni Koreya Respublikasiga ishga jo`natishini va`da qilib, aldov yo`li bilan pul mablag`larini qo`lga kiritib kelganligi ma`lum bo`lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Ayubxon J.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda Ayubxon J.,dan jabrlangan shaxslarni aniqlash choralari ko`rilmoqda.   

Hurmatli fuqarolar, mulklaringiz va pullaringizni notanish hamda halol inson sifatida Sizga tanish bo`lmagan insonlarga o`z xohishingiz bilan bermang. Firibgarlarni to`riga tushmaslik o`z qo`lingizda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1