1

«Ijtimoiy ijara» qanday bo`ladi, tizim qanday shartlar asosida ishlaydi va kimlarni qamrab oladi?

Jamiyat 04.03.2021, 14:04
«Ijtimoiy ijara» qanday bo`ladi, tizim qanday shartlar asosida ishlaydi va kimlarni qamrab oladi?

Xalqaro press-klub sessiyasida Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo`mitasi raisi Erkin Gadoev ushbu masalaga izoh berdi.

«Ijtimoiy ijara iborasi avval qo`llanilmagan. Bu ibora Prezidentimiz tomonidan aytildi. Ijtimoiy ijara bo`yicha qilinadigan asosiy ishlar va yo`nalishlar ham aytib o`tildi. Toshkent shahrining o`zida 9000 ta noturar joyda yashayotgan oilalar mavjud. Ijara puli Toshkent shahrida 2 million so`mdan kam emas, boshqa aholi punktlarida esa 1 mln so`mdan kam emas.

 Prezidentimiz tomonidan dastlab tajriba tariqasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida respublika byudjet mablag`lari hisobidan 30 tadan 90 tagacha ko`p qavatli uy qurish belgilandi. Shuni hisobga olganda, bu uylarga nominal miqdorda ijara puli to`lanadi. Tejalgan mablag`lari hisobiga esa yig`ib, ipoteka uy-joy sotib olish imkoniyati vujudga keladi», — dedi Erkin Gadoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1