1

“Farg`ona suv ta`minoti” MChJning Farg`ona tumani bo`limidagi talon-torojliklar fosh etildi

Jamiyat 04.03.2021, 15:30
“Farg`ona suv ta`minoti” MChJning Farg`ona tumani bo`limidagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Farg`ona suv ta`minoti” MChJning Farg`ona tumani bo`limi sobiq rahbari O`.T. va moddiy javobgar shaxslari aholidan ichimlik suvi va oqava xizmati uchun yig`ilgan 108,5 mln so`mlik kvitansiyalarni elektron bazaga kiritmaganligi, shuningdek 2020 yil davomida bo`lim muhri bilan tasdiqlangan to`lov kvitansiyalari orqali yig`ilgan 14,8 mln so`mni o`zlashtirib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O`.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1