8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Mamlakatimizda aziz va mo``tabar ayol zotini ulug`lash, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va nufuzini oshirish, o`zining ko`p yillik samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo`shayotgan xotin-qizlarimizni munosib qadrlash maqsadida hamda yurtimizda olib borilayotgan tub islohotlarda faol qatnashib, yangi O`zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo`lida tashabbus va ibrat ko`rsatib kelayotgani uchun bir guruh ayollar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»
faxriy unvoni bilan
Abduraximova Farida Yuldashevna - O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning xotin-qizlar bilan ishlash bo`limi boshlig`i
Ataniyazova Oral Aminovna - Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti rektori, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan
Usmonova Munavvarxon Abduxokimovna - «Saodat» jurnali bosh muharriri
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Axmedova Faridaxon - mehnat faxriysi, Namangan viloyati
Zakirova Gavxar Akmalovna - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
Xodjaeva Ra`no Umarovna - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi professori
Xojieva Oydin - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi, shoira
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Agzamxodjaeva Munira Sharaxmatovna - Toshkent irrigasiya va qishloq xo`jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutining «International House-Tashkent» akademik liseyi matematika fani o`qituvchisi
Allambergenova Gulnara Yusupbaevna - O`zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`linmasi «Muxalles» dutorchilar ansambli baxshi-sozandasi
Axmedova Olmos Gafurovna - O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining G`afur G`ulom uy-muzeyi direktori
Djuraeva Saida - Samarqand shahridagi «Aziza» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Samarqand viloyati
Ziyavidinova Mukadas Isamidinovna - mehnat faxriysi, Namangan viloyati
Ibragimova Nasiba Ismailovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining faxriy diktori
Ikramova Maxbuba Latibovna - Paxta seleksiyasi, urug`chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Buxoro ilmiy-tajriba stansiyasi direktorining o`rinbosari, Buxoro viloyati
Kadirova Maxbura Sultanovna - Olmazor tumanidagi «A`lo Omad Rivoj» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Toshkent shahri
Karamova Komila Zaydullaevna - Qashqadaryo viloyati mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari
Karieva Munira Djuraevna - Toshkent shahridagi «Jurabek Laboratories» qo`shma korxonasi rahbari
Maxkamova Zulayxo Baxriddinovna - To`raqo`rg`on tumani hokimi, Namangan viloyati
Obidjonova Karomat - mehnat faxriysi, Farg`ona viloyati
Polvonova Marxabo Rasuljonovna - Rishton tumanidagi «Zar kulol Rishton» oilaviy korxonasi rahbari, Farg`ona viloyati
Rasulova Muxayo Yunusovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti bosh ilmiy xodimi
Salomova Dilobat Ochilovna - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining elektrda po`lat eritish sexi operatori, Toshkent viloyati
Sattorova Oyjamol Sherbabaevna - «Hunarmand» uyushmasining Shahrisabz tumani bo`limi a`zosi, milliy kashtachi-hunarmand, Qashqadaryo viloyati
Tilabova Dildor Xolovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi uchastka kran mashinisti, Navoiy viloyati
Tuychieva Yarkinoy Mamazulunovna - «Hunarmand» uyushmasining Andijon viloyati boshqarmasi a`zosi, do`ppido`z-usta
Xayitova Omongul - Do`stlik tumanidagi «O`lmas Zebiniso» fermer xo`jaligi boshlig`i, Jizzax viloyati
Sharipova Nasiba Xolidinovna - Sherobod tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, payvandchi, Surxondaryo viloyati
«Do`stlik» ordeni bilan
Abdullaeva Oydin Utamuradovna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta`lim, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi a`zosi
G`anieva Malika Danikanovna - Sirdaryo tumanidagi «Erkatoy» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari, Sirdaryo viloyati
Dosimbetova Tamara Jumabaevna - Qoraqalpog`iston musulmonlari qoziyoti xotin-qizlar masalalari bo`yicha qozi yordamchisi, bosh otinoyisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Irkulova Gulbaxor Altibaevna - O`zbek milliy maqom san`ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli xonandasi
Kareneeva Nursulu Sardarovna - Tomdi tumanidagi «Tomdibuloq» ovul fuqarolar yig`ini raisi, Navoiy viloyati
Karimova Marxaboxon - mehnat faxriysi, erkin ijodkor, shoira
Karimova Nigora Ganievna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San`atshunoslik instituti kino va televidenie bo`limi mudiri
Kim Larisa Viktorovna - Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining sport gimnastikasi bo`yicha bosh murabbiyi, Navoiy viloyati
Mannapova Mamuraxon - Andijon qishloq xo`jaligi va agrotexnologiyalar institutining o`simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar kafedrasi dosenti, Andijon viloyati
Mardieva Dildora Baxronovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma’rifat» telekanali muharririyat bosh muharriri
Mingbaeva Muxabbat Kaxramonovna - Termiz shahridagi «Xamidiy» xususiy korxonasi direktori, Surxondaryo viloyati
Mirzasheva Nasiba Muratovna - Farg`ona shahridagi «Bahodir Log`on Tekstil» qo`shma korxonasi tikuv bo`limi ustasi, Farg`ona viloyati
Mirsolieva Potima Mirabdullaevna - Pop tumanidagi «Papfen» mas`uliyati cheklangan jamiyatining tayyorlov sexi ustasi, Namangan viloyati
Nabieva Iroda Erkinovna - O`zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashining Davolash-profilaktika markazi bosh shifokori
Normetova Sobura Voxobovna - Yunusobod tumanidagi «Katta Hasanboy» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Toshkent shahri
Nurlepesova Gulnara Juginisovna - erkin ijodkor, shoira, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Prina Lyudmila Mixaylovna - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining mas`ul xodimi
Radjabova Burobiya Tangirovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O`zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
Raximova Durdona Shukurullaevna - Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari
Ruzieva Dilobod Tursunovna - Nishon tumanidagi «Nishon agropilla» mas`uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qashqadaryo viloyati
Sadikova Valida Nazrullaevna - mehnat faxriysi, Toshkent shahri
Sadikova Lola Renatovna - Geologiya va geofizika institutining geodinamika, geologik tuzilish va jarayonlarni modellashtirish laboratoriyasi mudiri
Timergalina Nina Yurevna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2-mis boyitish fabrikasi uchastka mashinisti, Toshkent viloyati
Tursunova Valida Daminjanovna - Toshkent shahridagi aholini kasb-hunarga o`qitishga ixtisoslashgan «Meri Poppins» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori
Xakimova Santalat - mehnat faxriysi, Toshkent shahri
Xuseynova Abira Amanovna - Buxoro davlat tibbiyot institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi professori, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi
Shernazarova Zulxumor Jumaevna - Qumqo`rg`on tumanidagi «Ariq oshgan» fermer xo`jaligi ish yurituvchisi, baxshi, Surxondaryo viloyati
Egamova Dilorom Yusupovna - Kattaqo`rg`on shahar drama teatri aktrisasi, Samarqand viloyati
Eltaeva Lola Suyunovna - O`zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi
Yuldasheva Odina Turg`unpo`latovna - O`zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining informatika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Aminova Mehriban Ataxanovna - Xonqa tumanidagi 48-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining fizika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati
Davlyakanova Vera Nikolaevna - Pastdarg`om tumanidagi 12-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Samarqand viloyati
Kotova Irina Vladimirovna - Buxoro shahridagi 30-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Buxoro viloyati
Mirzaraximova Xalidaxon Telmanovna - Andijon shahridagi «Mehrimiz sizga» ayollar va ularning oilalarini ijtimoiy-huquqiy qo`llab-quvvatlash markazi direktori, Andijon viloyati
Mirzomurotova Uguljon Bekmirzoevna - Bekobod shahridagi «Sweet bubble» xususiy maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati
Tojieva To`lqinoy Abdujalilovna - Bag`dod tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri, Farg`ona viloyati
Yunusova Gulandom Samievna - Buxoro muhandislik-texnologiya institutining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Buxoro viloyati
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Bekatova Zumrad Raximbaevna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog`lig`ini saqlash masalalari qo`mitasi a`zosi
Qalandarova Muhabbat Durdiboevna - Urgut tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Samarqand viloyati
Matniyozova Mexribon Otaboevna - Yangiariq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo`limi mudiri, Xorazm viloyati
Ubaydullaeva Sevara Abdullaevna - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi boshlig`i
Xasanova Lola Emilevna - Toshkent davlat stomatologiya institutining malaka oshirish fakulteti dekani
Hojieva Dilbar Yusupovna - G`ozg`on shahri tibbiyot birlashmasi boshlig`i, Navoiy viloyati
Sharipova Visolatxon Xamzaevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining anesteziologiya va reanimatologiya ilmiy-klinik bo`limi rahbari
«Sog`lom turmush» medali bilan
Palvanova Nigora Bekbergenovna - Olimpiya va milliy sport turlari bo`yicha Nukus oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo`yicha murabbiyi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Rajabova Malika Hayitovna - Qorako`l tumanidagi «Polvonlar» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Buxoro viloyati
Solieva Feruza Qoxromonovna - Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi «Sayiljoy» akademik liseyi direktori, Jizzax viloyati
Elmurodova Zarrina Aslonovna - Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi bolalar nevrolog shifokori, Sirdaryo viloyati
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan
Matkarimova Zamira Abdusharipovna O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Xonqa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Xorazm viloyati
Muydinova Tohiraxon Dadaxonovna O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Kosonsoy tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri, Namangan viloyati
Xolmatova Leylya Valievna - Jizzax viloyati bojxona boshqarmasining «Qo`shkent» chegara bojxona posti guruh katta inspektor-surishtiruvchisi
Shokirova Dilrabo Xubbimovna - Yangihayot tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 4-ichki ishlar bo`limi boshlig`i, Toshkent shahri
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Axmadova Shaxnoza Dilmurodovna - Yangiyo`l shahridagi «New-Action Textile» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Beknazarova Maxliyoxon Inomjon qizi - O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Bo`ston tumani bo`limi boshlig`i, Andijon viloyati
Dosanova Gulmira Sarsenbaevna - Mo`ynoq davlat o`rmon xo`jaligining xo`jalik ishlari mudiri, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Karimova Shoiraxon Sobitjon qizi - «Ziyo nashr» mas`uliyati cheklangan jamiyatining Farg`ona filiali ish boshqaruvchisi, Farg`ona viloyati
Mirsaidova Fotimaxon Eralievna - Norin tumanidagi «Mir City» qo`shma korxonasi rahbari, Namangan viloyati
Moroz Yulianna Romanovna - Toshkent shahridagi «Webmedia Information» mas`uliyati cheklangan jamiyatining uz24.uz veb-nashri bosh muharriri o`rinbosari
Tojimirzaeva Guzalxon Bahodir qizi - Sirdaryo tumanidagi «Wang Da Group» qo`shma korxonasi direktori, Sirdaryo viloyati
Shokirova Gulruxbonu Bexzod qizi - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 1-bosqich talabasi
Yuldasheva Shaxlo Shuxratovna - Urganch shahridagi «Sevinch Medical Center» xususiy klinikasi rahbari, Xorazm viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Bekmuratova Venera Djoldasbaevna - Nukus shahridagi Prezident maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Berdiyarova Xusnara Jo`ramuratovna - Xovos tumani mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`ining birinchi o`rinbosari, Sirdaryo viloyati
Boymuratova Gulsin Alikulovna - Bulung`ur tumanidagi «O`roqli» mahalla fuqarolar yig`ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma`naviy masalalar bo`yicha o`rinbosari, Samarqand viloyati
Jumaeva Farida Farmonovna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati vinilxlorid va polivinilxlorid ishlab chiqarish sexi smena muhandisi, Navoiy viloyati
Jumanova Zamira Xasanovna - Sho`rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining sex qurilma kuzatuvchisi, Qashqadaryo viloyati
Juraeva Sayyora Akramjonovna - To`raqo`rg`on tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkor, Namangan viloyati
Ismoilova Muqaddas Zaynitdinovna - Muzrabot tumanidagi «Anor Umr» fermer xo`jaligi boshlig`i, Surxondaryo viloyati
Isxakova Nasiba Maxsudovna - «Hunarmand» uyushmasining Toshkent shahar boshqarmasi a`zosi, kashtachilik-so`zana ustasi
Karabaeva Nafisa Kutpitdinovna - Uchtepa tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent shahri
Qurbonova Aziza Abdusabitovna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» telekanali bo`lim katta muharriri, ijtimoiy tarmoqlardagi «Mikrofon ko`targan ayol» sahifalari blogeri
Madiyarova Shoxista Azizmatovna - Toshkent viloyati xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari
Mamayusupova Zulayxo Primkulovna - Jizzax shahridagi «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig`ini raisining xotin-qizlar va ijtimoiy-ma`naviy masalalar bo`yicha o`rinbosari, Jizzax viloyati
Mirzanazarova Maxsuda Yuldashovna - «Uzauto Motors Powertrain» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi, Toshkent viloyati
Mustanova Shaxnoza Rustamovna - Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o`qituvchisi
Nazarova Shoiraxon A`zamovna - Marg`ilon shahar musiqali maqom teatri artist-sozandasi, Farg`ona viloyati
Nishanova Xanifaxon Sobirovna - Yangiyo`l tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Toshkent viloyati
Nurmanova Madina Shuxrat qizi - Toshkent shahri «Simple Networking Solutions» mas`uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi «Daryo.uz» internet-nashri fotomuxbiri, bloger
Rajabova Yulduz Shamshiddinovna - «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasi aktrisasi
Rustamova Shaxlo Muxammadjonovna - «O`zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi
Rustamxodjaeva Munisxon Rasuljanovna - «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent mintaqaviy temir yo`l uzeli» unitar korxonasi sex texnigi
Sabirova Dilfuza Kiemovna - «Jizzax akkumulyator zavodi» aksiyadorlik jamiyatining sifatni kafolatlash bo`limi boshlig`i, Jizzax viloyati
Sabirova Roza Davlatmuratovna - Urganch shahridagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabining nemis tili fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati
Sadikova Seyyare Sifedinovna - Andijon tumanidagi «Fusunkor» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Tojiboeva Buxalima Tuxtaboevna - Namangan viloyati «Saxovat» keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun internat uyi katta hamshirasi
Turekeeva Ariuxan Aimuratovna - «Qaraqalpaqstan jaslar» gazetasi mas`ul kotibi, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Urakova Lola Xamidovna - erkin ijodkor, adiba, Qashqadaryo viloyati
Xaydarova Risolat Tursunovna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo`limi bosh mutaxassisi
Xalimova Sharifa Raximovna - «Hunarmand» uyushmasining Buxoro viloyati boshqarmasi a`zosi, qorako`l mahsulotlari tikuvchisi
Sherboboeva Gulrux Baxtiyorovna - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktorining ilmiy ishlar va innovasiyalar bo`yicha o`rinbosari, Qashqadaryo viloyati
Shoberdieva Nazira Ruzievna - Termiz tumanidagi «Angel Farishta» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Yuldasheva Dildora Ergashevna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» mas`uliyati cheklangan jamiyatining yig`uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati
Yuldosheva Hamida Ismoilovna - Buxoro viloyati «Muruvvat» nogironlar uchun ayollar internat uyi hamshirasi
Yunusova Xamidaxon Xaldarovna - Andijon tumani bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi, bosh otinoyisi, Andijon viloyati
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev