Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyat boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Unda, fuqaro S.X. noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga Buxoro tuman hokimiyatining tasarrufida bo`lgan 10,8 sotix zaxira er maydonini sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 23 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






