Intrenet tarmog`ida 16 fevral kuni tungi vaqtda “Tashkent city” hududida 22 yoshli Izzatullo F.ga shu erda ishlaydigan Umid va boshqalar tomonidan “o`ta og`ir darajada” tan jarohati etkazilganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:
"16 fevral kuni taxminan soat 22.30 larda, «Tashkent city» saylgohi hududida, shu erda bog`bon bo`lib ishlovchilar 20 yoshli Umid A. va 22 yoshli Izzatullo F. o`zaro janjallashib qolgan, natijada Umid A. Izzatullo F.ga tan jarohati etkazgan. Sud-tibbiy ekspretiza xulosasiga ko`ra, jabrlanuvchiga etkazilgan tan jarohatlari og`irlik darajasiga ko`ra o`rtacha og`ir jarohatlar deb baholangan. Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (“Qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 20 yoshli Umid A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan. Tergov davom etmoqda", - deyiladi xabarda.






