"Qamchiq" dovoni yo`lida soat 09:30dan boshlab oraliq masofani saqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan transport vositalari uchun harakat ochildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Soat 10:00dan boshlab harakat to`liq qayta tiklanadi.
"Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishlarini so`raymiz" deyiladi xabarda.






