Hukumat qarori bilan O`zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo`la to`lanadigan pul mukofotlarini to`lashga mablag`lar ajratish va to`lash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.
Nizomga ko`ra, bir yo`la to`lanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash to`g`risidagi Prezident Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda bo`lgan BHMdan kelib chiqib hisoblanadi.
“O`zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qo`shimcha ravishda har oyda BHM miqdorida ustama haq oladilar.
Bir yo`la to`lanadigan pul mukofotlarini to`lash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.






