Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining o`ttiz beshinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahar fidoyisi” ko`krak nishonini ta`sis etish masalasi ko`rib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Deputatlar e`tiboriga ko`krak nishonining bir necha namunasi va Nizomi taqdim etildi va namunalar orasidan milliy xususiyatlarimiz va davlatchiligimiz tarixiga mos bo`lgani tanlanib, bir ovozdan ma`qullandi.
Mazkur ko`krak nishoni Mustaqilligimizning 30 yillik tantanasiga munosib tuhfa sifatida, har yili mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo`shib kelayotgan, Toshkent shahridagi mulkchilik shaklidan qat`i nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolarni, keng jamoatchilik vakillarini taqdirlash maqsadida ta`sis etilmoqda.
Shuningdek, ko`krak nishon bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi ko`zda tutilgan.






