AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bayramoldi qanday ob-havo kutilayotgani ma`lum qilindi

'O`zbekistonda bayramoldi qanday ob-havo kutilayotgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Bugun, 5 mart kuni O`zbekiston bo`ylab ochiq, lekin nisbatan sovuq kun bo`ladi. Havo harorati 10-15° dan yuqoriga ko`tarilmaydi va me`yoriy qiymatlarga teng bo`ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga, 6 mart kuni janubi-g`arbiy hududlardan bulutli oqimlar chiqa boshlaydi va Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarining ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi, mamaqaldiroq kuzatilishi mumkin, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga yaqin biroz yomg`ir yog`ish ehtimoli bor. Qolgan xududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 12-17° iliqni tashkil etadi.

7 mart kuni kechasi va ertalabki soatlarda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ish ehtimoli bor. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Povoljya hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi oqibatida, havo harorati pasayib, kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 8-13° iliqni tashkil etadi.

"Xalqaro xotin-qizlar kunida doim yomg`ir yog`adi degan gaplar tarqalganiga qaramasdan, bu yilning mart oyi xotin-qizlarimizni ancha iliq va yog`ingarchiliksiz ob-havo bilan hursand etadi", deyiladi O`zgidromet xabarida.

8 mart kuni Respublika bo`yicha kam bulutli, yog`ingarchiliksiz havo kuzatiladi, kunduzgi soatlarda havo harorati 14-17° iliqni tashkil etib, biroz me`yordan yuqori bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida shu davr ichida qor ko`chish ehtimoli saqlanib qoladi, ehtiyot bo`ling!

Boshqa yangiliklar