AsosiyJamiyat

Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport – 2020” tanlovi g`olibi bo`ldi

'Navoiy xalqaro aeroporti MDHdagi “Eng yaxshi aeroport – 2020” tanlovi g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Bu haqda “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xabar berdi.

Qariyb, 30 yildan beri nodavlat va notijorat  “Aeroport” assosiasiyasi tomonidan o`tkazib kelinadigan mazkur tanlovda hamdo`stlik davlatlaridagi barcha aeropotlar qatori Navoiy xalqaro aeroporti ham 2012 yildan buyon ishtirok etib, jami 8 marotaba mukofot sohibiga aylangan.  

Pandemiya sharoitida qator murakkabliklarning mavjudligiga qaramay, yo`lovchi va yuk tashishda faollik ko`rsatgan, yuqori moliyaviy natijalarga erishgan mazkur havo darvozasi ishchi-xodimlarining mehnati hay`at a`zolari tomonidan alohida e`tirof etildi.  

Aeroportning yil davomida moliyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarida amalga oshirgan ishlari, mamlakat iqtisodiyotiga qo`shgan hissasi tanlov shartlariga ko`ra, munosib baholandi. “Aeroport” assosiasiyasining Faxriy yorlig`i hamda Kubogi tantanali ravishda topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar