AsosiyJamiyat

Toshkentda fuqaro ayolga tegajoqlik qilgan bezoriga "dars" berib qo`ydi

'Toshkentda fuqaro ayolga tegajoqlik qilgan bezoriga "dars" berib qo`ydi'ning rasmi

6 fevral kuni soat 21:30 larda 33 yoshli Azamat E., mast holatda Yangiyo`l shahri Mevazor MFY., da joylashgan ko`p qavatli uylar oldidan o`tib ketayotgan fuqarolar 25 yoshli Shahzoda A., va Jamoliddin A.,larga hech bir sababsiz tegajonlik qilib, ularni haqorat qilib, Shahzoda A., bilan janjallashib uni bosh va yuz sohalariga qo`li bilan urib jarohat etkazgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.

Natijada Jamoliddin A., Shahzoda A.,ni himoya qilib, Azamat E.,ning tanasining turli joylariga qo`llari bilan urib jarohat etkazgan. 

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasida, Shahzoda A., va Azamat E.,larda “engil” tan jarohatlari olganliklari ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo`l shahar IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan  O`zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar