1 mart kuni Marg`ilon shahar ichki ishlar organlari probasiya guruhi hisobida turuvchi X.B ismli shaxs Marg`ilon shahar ichki ishlar organlari probasiya guruhi inspektori B.I.ga murojaat qilib, unga engillik qilib berish evaziga 500.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.
Fuqaro X.B.ga huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, pora taklif qilishda davom etgan.
Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda Marg`ilon shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.B. Marg`ilon shahar ichki ishlar organlari probasiya guruhi inspektori B.I.ga xizmat xonasida 50 AQSh dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Marg`ilon shahar prokuraturasiga yuborildi.






