AsosiyJamiyat

Turkiyaga borib xabarsiz yo`qolgan 3 nafar o`zbekni qarindoshlari qidirmoqda

'Turkiyaga borib xabarsiz yo`qolgan 3 nafar o`zbekni qarindoshlari qidirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh Konsulxonasi Turkiyaga kelgan ayrim o`zbek fuqarolarini O`zbekistondagi yaqin oila a`zolari tomonidan qidirayotganligini ma`lum qildi.

Quyida ularning ma`lumotlar keltiriladi:

- Rasulova Mavluda Farmonovna, 01.08.1964 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan. 2019 yil 18 oktyabrda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan. 2020 yilning oktyabr oyidan buyon O`zbekistondagi yaqin qarindoshlariga aloqaga chiqmagan (qarindoshlari telefon raqami +99890 6143039);

- Narzikulov Azimboy Raxmatullaevich, 14.10.1993 yilda Samarqand viloyatida tug`ilgan. 2016 yil 6 dekabrda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan. 2018 yilning mart oyidan buyon O`zbekistondagi yaqin qarindoshlariga aloqaga chiqmagan (qarindoshlari telefon raqamlari +99871 2320867, 05322144575, avdokat - 05305438171);

- Maxamatkulov Azamat Alikulovich, 17.04.1980 yilda Surxandaryo viloyatida tug`ilgan. 2020 yil 14 martda Turkiyaning Istanbul shahriga kelgan va keyinchalik oila-a`zolariga aloqaga chiqmay qo`ygan (qarindoshlari telefon raqamlari +99893 0792683).

Boshkonsulxona yuqorida zikr etilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma`lumotga ega bo`lgan Turkiyadagi vatandoshlarimizdan  ko`rsatilgan telefon raqamlarga zudlik bilan murojaat qilishlarini iltimos qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar