AsosiyJamiyat

Samarqandda restoranlardan biri yonib ketdi

'Samarqandda restoranlardan biri yonib ketdi'ning rasmi

FVV qutqaruvchilari Samarqand viloyatidagi restoranlardan birida yuz bergan yong`inni bartaraf etdilar: qurbonlar bo`lmagan

Yong`in bugun, taxminan soat 11:00 larda, Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidagi "Omonboy" mahallasida joylashgan restoranda sodir bo`lgan. Mazkur vaziyat yuzasidan zudlik bilan FVV viloyat boshqarmasining yong`in-qutqaruv guruhi voqea joyiga etib kelgan. Birlamchi ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida binoning taxminan 200 kv.m. maydoni yong`indan zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`in qisqa vaqt ichida to`liq bartaraf etildi. Sodir bo`lgan holatda jabrlangan va qurbonlar yo`q.

Boshqa yangiliklar