AsosiyJamiyat

Toshkentda “Nexia” kelib urilgan avtobus ag`darilib ketdi

'Toshkentda “Nexia” kelib urilgan avtobus ag`darilib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:40 larda “102” tizimiga tushgan xabarga ko`ra, Toshkent shahar, Olmazor tumani, "Forobiy" va "Beruniy" ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1986 yilda tug`ilgan A.E. o`z boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobilda svetoforning taqiqlovchi qizil chirog`ida harakatlanib chiqishi oqibatida, yashil chiroqda harakatlanayotgan haydovchi, 1960 yilda tug`ilgan I.V. boshqaruvidagi “Isuzu” (8-avtobus saroyiga tegishli) rusumli avtobus bilan to`qnashuv sodir etgan. Bu xaqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi. 

Natijada, “Nexia” rusumli avtomobil haydovchisi 35 yoshli A.E. va yo`lovchi, 29 yoshli N.K.larga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar