2021-yilning 8-mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Furqat Sidiqov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif bilan uchrashdi.
Suhbat davomida O`zbekiston-Eron aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Buning uchun savdo-iqtisodiy, investisiya, sayyohlik va boshqa sohalarda muhim salohiyat mavjudligi ta`kidlandi.
Ikki tomonlama siyosiy muloqot faollashgani hamda iqtisodiy diplomatiya sohasida hamkorlikning sezilarli darajada o`sganiqayd etildi.
Eron Tashqi ishlar vaziri O`zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, ishbilarmonlik va investision muhitni takomillashtirish, mintaqada do`stlik va yaxshi qo`shnichilikni mustahkamlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarni yuqori baholadi.
Afg`onistondagi tinchlik jarayonini qo`llab-quvvatlash bo`yicha O`zbekistonning sa`y-harakatlari alohida qayd etildi.
Eron tomoni Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ham ko`rib chiqildi.






