AsosiyJamiyat

“COVID-19” ga qarshi vaksina xavfsizmi? Mutaxassis javob berdi

'“COVID-19” ga qarshi vaksina xavfsizmi? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

Yurtimizda ham joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni o`tkazilishi rejalashtirilmoqda. Shu bois ham, SSV matbuot xizmati vaksinalar pandemiyani to`xtatishga qodirmi? U o`zi nima uchun kerak? “COVID-19” ga qarshi vaksina xavfsizmi singari savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i o`rinbosari Nurmat ATABEKOVdan javob oldi.

— Olimlarning ta`kidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud bo`lishi kerak, — deydi N. ATABEKOV. — Buning qanchalik tez sodir bo`lishi ko`pgina omillarga bog`liq. Xususan, vaksinalarning samaradorligi qanchalik tez isbotlanishi, JSST tomonidan tasdiqlanishi, ishlab chiqarilishi va etkazib berilishi hamda emlanuvchi aholi qatlamining shakllantirilishi kabilarga ham bog`liq.  

— “COVID-19” ga qarshi vaksinasiya o`zi nima uchun kerak?

— Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga  yordam beradi. Vaksinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqishi mumkin bo`lgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat o`zimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.

“COVID-19” ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu o`rinda dunyo bo`yicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham bo`lishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.

Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan o`zini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun etarli emas.

— “COVID-19” ga qarshi vaksina xavfsizmi?

— O`zbekiston Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaksinalardan foydalanadi.  

 

 

 

    Boshqa yangiliklar