Mazkur kompaniya vaksinasi eng yuqori xavfsizlik profiliga ega rekombinant vaksina bo`lib, birinchi va ikkinchi klinik sinovlarning natijalariga ko`ra nojo`ya ta`siri kam (0,3-0,5%dan kam). Bundan tashqari, T-xotira hujayralarining hosil bo`lishi yuqoriligi, Non-neytrallovchi va neytrallovchi antitanalar o`rtasidagi muvozanat mavjudligi kabi ilmiy ko`rsatkichlar ham bu tanlovimizning sabablaridan biridir.
Ushbu vaksina COVID-19 virusi glikoproteinining reseptorga bog`lanuvchi domenini CHO rekombinant hujayralari yordamida ko`paytirilib, tozalanib va alyuminiy gidroksidi qo`shish orqali tayyorlangan.
Noyabr oyidan boshlab Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd kompaniyasining 8 ta xodimi O`zbekistonga etib kelgan va hozirgi kunga qadar Ilg`or texnologiyalar markazinining 30 nafar olimlari, virusologiya instituti va boshqa tibbiyot muassasalarining 112 nafar tibbiyot xodimlari bilan birgalikda tadqiqotlarni o`tqazishmoqda. Uchinchi bosqich klinik sinovlarida 7000 ming ko`ngillilar qatnashmoqda.






