AsosiyJamiyat

O`zbekistonda hafta oxirida havo harorati  2° darajagacha pasayadi

'O`zbekistonda hafta oxirida havo harorati  2° darajagacha pasayadi'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lumotiga ko`ra, bugun O`zbekistonda juda iliq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Hududlarning ko`p qismida kunning o`rtasiga kelib, havo 20-22° darajagacha isiydi. Faqat Kavkaz hududlaridan shimoliy hududlarga bulutli massivlar kiradi, bunda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin va havo harorati 9-14° iliq atrofida bo`ladi.

Ertaga frontal zona o`tishida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

Payshan kuni respublika hududining ko`p qismida yomg`ir kuzatilmaydi, faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, Toshkent viloyatida ba`zi joylarda kechasi va ertalab biroz yomg`ir yog`adi. Havo harorati 12-17° iliq atrofida bo`ladi.

Juma kuni O`zbekiston hududining ko`p qismida quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22° darjagacha ko`tariladi. Faqat shimoliy hududlarda ob-havo o`zgarishni boshlaydi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Havo harorati shimoliy hududlarda 2-7° darajagacha pasayadi.

O`zbekistonning tog`li hududlarida ushbu davrga qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar