AsosiyJamiyat

11-12 mart kunlari Qirg`iz Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi

'11-12 mart kunlari Qirg`iz Respublikasi Prezidenti  davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston bilan Qirg`iziston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo`nalishlarini ko`rib chiqish rejalashtirilgan.

Ikki mamlakat etakchilari uchrashuvining kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo`jaligi sohalarida ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish, madaniyat, sog`liqni saqlash, ta`lim va turizm borasidagi qo`shma dasturlarni amalga oshirishning dolzarb jihatlari o`rin olgan.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo`nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Tashrif dasturiga muvofiq Qirg`iziston Prezidenti O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va Bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o`tkazadi, mamlakatimiz sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi.

    Boshqa yangiliklar