1

Bugun Toshkentda ovozsiz filmlar festivali start oladi

Madaniyat 10.03.2021, 12:38
Bugun Toshkentda ovozsiz filmlar festivali start oladi

10 mart Yoshlar ijod saroyida «O`zbekkino» MA va Gyote instituti hamkorligida  «Ovozsiz filmlar festivali» start oladi.

Mazkur festivalda o`zbek va nemis kinoijodkorlarining klassik filmlari namoyish etiladi. Filmlar «Safo» guruhining jonli ijrodagi musiqalari jo`rligida havola qilinadi.

Bugun festivalning ilk kuni soat 18:30 da Gyote institutida “Respublika kinofondi” DUK direktori Eljon Abbasov va  kinoshunos Nigora Karimova ishtirokida «Kinolektoriy» hujjatli media loyihasining taqdimoti o`tkaziladi.  

Festival dasturidan "O`lim minorasi", "Shahzoda Ahmadning sarguzashtlari" va "Moxov qiz" filmlari o`rin olgan. Mazkur festival 14 martga qadar davom etadi.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1