AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak – Alisher Qodirov

'Oliy ta`lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak – Alisher Qodirov'ning rasmi

Buxoro davlat universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov rahbarligidagi ta`limga mas`ul Parlament komissiyasi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Parlament a`zolari bu erda cenator Abira Huseynova hamda oliygoh rahbariyati bilan uchrashib, so`nggi yillarda ta`limda bo`layotgan o`zgarishlar, malakali mutaxassislar tayyorlash, talabalarni yotoqxona bilan ta`minlashdagi muammolar, ularning echimlari bo`yicha o`zaro fikr almashdi, takliflar o`rtaga tashlandi.

– Oliy ta`lim tarbiya maskani emas, bu jarayondan uzilishi kerak. Talaba oliygohga faqat bilim olishi uchun kelishi lozim. Ya`ni, oliy ta`limda faqat etuk mutaxassis tayyorlanadigan muhit yaratilishi kerak, – dedi Alisher Qodirov uchrashuvda.

Boshqa yangiliklar