AsosiySalomatlik

Mutaxassis: O`zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi

'Mutaxassis: O`zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i Bahodir Yusupalievning ma`lum qilishicha, O`zbekistonda emlangan aholiga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi. 

Mutaxassisning ma`lum qilishicha, bu jarayonda muhim ahamiyatga ega shpris ta`minoti, xavfsiz qutilar ta`minoti va boshqalar uchun respublikamizda 6 mlrd so`mdan ziyod mablag`lar ajratilgan va xaridlar amalga oshirilyapti. 10 mingdan ortiq vaksinatorlar, patronaj hamshiralari, 33 mingdan ortiq shifokorlar vaksinasiyaga tayyorgarlik ko`rishyapti. Birinchi navbatda, emlanadigan aholi vakillarini elektron ro`yxatga olish ishlari olib borilyapti. Yangi emlash.uz deb nomlangan sayt yaratildi. Vaksina olgan fuqarolar bu saytda ro`yxatdan o`tkazib boriladi. Ularga emlanganlik haqida tegishli sertifikat ham beriladi.

Boshqa yangiliklar