1

Milliy gvardiya va O`zbekiston Taekvon-Do ITF assosiasiyasi o`rtasida hamkorlik qarori imzolandi

Jamiyat 11.03.2021, 14:04
Milliy gvardiya va O`zbekiston Taekvon-Do ITF assosiasiyasi o`rtasida hamkorlik qarori imzolandi

Joriy yilning 9 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo`mondoni general-mayor R.Djuraev va O`zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assosiasiyasi prezidenti L.Xasanov uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. 

Shuningdek, mazkur uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O`zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assosiyasiyasio`rtasida o`zaro faoliyatlarini qo`llab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`yish to`g`risidagi qaror imzolandi. 

Mazkur qarorga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O`zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assosiasiyasi bilan hamkorlikda respublika bo`ylab sport to`garaklari faoliyatini yo`lga qo`yish, tashkil etiladigan sport musobaqa va ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni hamkorlikda o`tkazish, amaliy yordam ko`rsatish hamda O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflariga harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan yosh sportchilarni imtiyozli ravishda xizmatga qabul qilish masalalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga vazifalar yuklatildi. 

Ushbu uchrashuv O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O`zbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assosiasiyasi o`rtasidagi hamkorlikning yangi bosqich muqaddimasi bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1