AsosiySport

Ronaldu «Real»ga qaytyaptimi?

'Ronaldu «Real»ga qaytyaptimi?'ning rasmi

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Krishtianu Ronalduning Madridga qaytishi imkoniyatlari haqidagi savolga javob qaytardi.

«Ronaldu qanday darajadagi o`yinchi ekanligini, nimalarga erishgani va uni Madridda qay daraja yaxshi ko`rishlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Ronaldu «Real»da tarix yoza olgan ajoyib o`yinchi. Ammo u hozirda «Yuventus» futbolchisi. Shunday ekan, Krishtianu haqida ortiqcha gapirish noo`rin bo`ladi», - deya «Real» bosh murabbiyi so`zlarini keltirmoqda As nashri.

Avvalroq, Ronalduning agenti Jorje Mendesh «Real» klubi prezidenti Florentino Peres bilan portugaliyalikning Madridga qaytishi imkoniyatlari masalasida gaplashgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib o`tamiz, Ronaldu 2009-2018 yillar davomida «Real» sharafini himoya qilib, 450ta gol bilan klub tarixidagi eng yaxshi goleadorga aylangandi. U «Real» bilan 4 marta Chempionlar ligasi g`olibi bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar