Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi rahbari Aleksey Soy qozog`istonliklar vaksinalarning keng tanloviga ega bo`lishlariga va`da berdi. Bu haqda koronainfo kanalida xabar qilindi.
Vazirning so`zlariga ko`ra turli ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Qozog`istonda 59 mingga yaqin odam allaqachon emlandi, dedi Soy. Unga ko`ra bu sur`at o`sib boradi. Bundan tashqari, rasmiylar Qozog`istonda turli ishlab chiqaruvchilardan vaksinalar sotib olish orqali emlashni tezlashtirmoqchi.
Eslatib o`tamiz, 1 mart kuni Qozog`iston elchisi Darxan Satibaldi va ikki nafar Qozog`iston elchixonasi xodimlari ZF-UZ-VAC2001 vaksinaning 1-dozasi bilan emlandilar.