AsosiyDunyo

Rossiyaning yirik banklaridan biri Morgenshternni ishga oldi

'Rossiyaning yirik banklaridan biri Morgenshternni ishga oldi'ning rasmi

Rossiyaning «Alfa-bank»i mashhur yosh reper Alisher Morgenshternni ishga oldi va u uchun maxsus yoshlar bilan ishlash bo`yicha direktor lavozimini joriy qildi. Bu haqda bank matbuot xizmatiga tayanib, RBC nashriga tayanib, bankers.uz xabar bermoqda.

«Alisher jiddiy ishlashga qat`iy qaror qildi va bizni uyaltirib qo`ymaslikka va`da berdi. Morgenshtern ham boshqalar singari ofisga boradi, yig`ilishlarni rejalashtirishda ishtirok etadi va natijalari to`g`risida hisobot beradi», - dedi Alfa-Bank marketing va kommunikasiyalar bo`yicha direktori Aleksey Giyazov.

Giyazovning so`zlariga ko`ra, reperga aniq vazifa qo`yilgan - 100 ming kishidan kam bo`lmagan miqdorda yangi mijozlar jalb qilish. Alfa-bank Morgenshternning tashkilot uchun tayyorlagan birinchi klipi 25 mingga yaqin yangi mijozlarni olib kelganini ta`kidladi. Giyazov reperni "mamlakatdagi eng munozarali marketolog", ammo ayni paytda eng ijodkori deb atadi.

    Boshqa yangiliklar